> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://cyberacademyuz.gitbook.io/w3schools/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://cyberacademyuz.gitbook.io/w3schools/css/css-qollanma/css-backgroundlar/background-color.md).

# Background color

CSS background xususiyatlari elementlarga orqafon effektini berish uchun ishlatiladi.

Ushbu bo'limda CSSning quyidagi background xususiyatlari haqida o'rganasiz:

<figure><img src="https://1205461495-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FqA16xzuzJkS1GYbYJ5OX%2Fuploads%2Fgit-blob-c09c69c9f20a5e62eccc1535f843153f4ef81929%2Fimage%20(135).png?alt=media" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

## <mark style="color:green;">background-color</mark> <a href="#css-background-color" id="css-background-color"></a>

<mark style="color:red;">`background-color`</mark> xususiyati elementning orqafoniga rang beradi.

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}
Sahifaning orqafon rangi quyidagicha beriladi:

```css
body {
  background-color: lightblue;
}
```

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_background-color_body>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

CSS-da rang ko'pincha quyidagilar bilan belgilanadi:

* to'g'ri keladigan rang nomi - "qizil"ga o'xshagan.
* HEX qiymati - #ff0000 kabi.
* RGB qiymati - "rgb(255,0,0)".

Barcha rang nomlarini bilish uchun <mark style="color:green;">CSS rang qiymatlari</mark> sahifasiga qarang.

## <mark style="color:green;">Boshqa elementlar</mark> <a href="#boshqa-elementlar" id="boshqa-elementlar"></a>

HTML dagi har qanday elementning background rangini o'zgartira olasiz:

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}
Quyidagi <mark style="color:red;">`<h1>`</mark>, <mark style="color:red;">`<div>`</mark> va <mark style="color:red;">`<p>`</mark> elementlarining background ranglari xar xil qilib o'zgartirilgan:

```css
h1 {
  background-color: green;
}

div {
  background-color: lightblue;
}

p {
  background-color: yellow;
}
```

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_background-color_elements>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

## <mark style="color:green;">Opacity / Shaffoflik</mark> <a href="#shaffofligi" id="shaffofligi"></a>

<mark style="color:red;">`opacity`</mark> xususiyati elementning shaffofligini belgilaydi. U 0.0 dan 1.0 gacha bo'lgan qiymatlarni qabul qiladi. Qiymat qancha past bo'lsa shaffoflik shuncha yuqori bo'ladi.

<figure><img src="https://1205461495-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FqA16xzuzJkS1GYbYJ5OX%2Fuploads%2Fgit-blob-c4dc02814388842116bb2d56bb490c83f0a29edf%2Fimage%20(134).png?alt=media" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}

```css
div {
  background-color: green;
  opacity: 0.3;
}
```

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_background_opacity>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

{% hint style="warning" %}
**Eslatma:** <mark style="color:red;">`opacity`</mark> xususiyati orqali elementni shaffof qilganda, element ichidagi barcha bola elementlar ham shaffoflikni meros qilib oladi. Bunda matnni to'liq shaffoq qilganda uning ichidagi matn ko'rinmay qoladi.
{% endhint %}

## <mark style="color:green;">RGBA yordamida shaffoflik</mark> <a href="#rgba-yordamida-shaffoflik" id="rgba-yordamida-shaffoflik"></a>

Yuqorida ko'rgan misolimizdagidek, ichki elementlar shaffoflikni meros qilib olishini xohlamasangiz, RGBA rang qiymatlaridan foydalaning. Quyidagi misol matnni emas faqat background rangining shaffofligini o'zgartiradi:

<figure><img src="https://1205461495-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FqA16xzuzJkS1GYbYJ5OX%2Fuploads%2Fgit-blob-5534841827976af77345a7a3d7e609d1fa506f9a%2Fimage%20(141).png?alt=media" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Bizning <mark style="color:green;">CSS Ranglar</mark>i bo'limimizdan RGB rang qiymatlaridan qanday foydalanish kerakligini o'rgandingiz. Qo'shimchasiga RGB dagi rangning shaffofligini belgilovchi alpha kanalga ega RGBA ni ham ko'rib chiqqansiz.

RGBA rangining qiymatlari: rgba(red, green, blue, alpha) lar bilan belgilanadi. Alpha parametriga 0.0 (to'liq shaffof) bo'lgan va 1.0 (to'liq rang) oralig'idagi raqamlar kiritladi.

**Tip:** RGBA ranglari haqida CSS ranglari bo'limimizdan ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}

```css
div {
  background: rgba(0, 128, 0, 0.3) /* Green background with 30% opacity */
}
```

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_background_opacity2>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

## <mark style="color:green;">CSSning background color xususiyati</mark>

| Xususiyat                                                                    | Ta'rif                                |
| ---------------------------------------------------------------------------- | ------------------------------------- |
| [background-color](https://www.w3schools.com/cssref/pr_background-color.asp) | Elementning orqafon rangini o'rnatadi |
