> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://cyberacademyuz.gitbook.io/w3schools/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://cyberacademyuz.gitbook.io/w3schools/css/css-width-height.md).

# CSS Width/Height

CSS ning `width` va `height` xususiyatlari elementning balandligi va kengligini belgilash uchun ishlatiladi.

CSSning `max-width` xususiyati elementning maksimal kengligini belgilash uchun ishlatiladi.

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_height_width_intro>" %}

## CSS da balandlik va kenglikni belgilash

CSSning `height` va `width` xususiyatlari elementning balandligi va kengligini belgilash uchun ishlatiladi.

`height` va `width` xususiyatlari o'zini ichiga `padding`, `border` va `margin`larni olmaydi. U elementning padding, border va margin ichidagi maydonning balandligini va kengligini o'rnatadi.

## Height va width qiymatlari

height va width xususiyatlari quyidagi qiymatlarni o'ziga olishi mumkin:

* `auto` - default qiymat. Brauzer o'zi height va width qiymatlarini hisoblaydi
* length - height/width larni px, cm va hokazolar asosida belgilanadi
* `%` - O'z ichiga olgan blockning height/width qiymatlarini foizda belgilaydi
* `initial` - height/width ga default qiymat beradi
* `inherit` - height/width qiymatlari ota elementdan meros qilib olinadi.

### CSS height va widthga misollar

![](https://1205461495-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FqA16xzuzJkS1GYbYJ5OX%2Fuploads%2Fgit-blob-096946143816f252bba3ed5393be7da0bf309ff8%2Fimage%20\(731\).png?alt=media)

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %} `
` elementining balandligi va kenglini berish:

```css
div {
height: 200px;
width: 50%;
background-color: powderblue;

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_dim_height_width2>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

![](https://1205461495-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FqA16xzuzJkS1GYbYJ5OX%2Fuploads%2Fgit-blob-f25719ab1e6e9a47c23c90448a53bcd2b8dcf19d%2Fimage%20\(482\).png?alt=media)

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}
Boshqa bir `
` elementining balandligi va kenglini berish:

```css
div {
height: 100px;
width: 500px;
background-color: powderblue;

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_dim_height_width>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

**Note:** `height` va `width` xususiyatlari padding, border yoki marginlarni o'z ichiga olmayasligini yodda saqlang! Ular elementning padding, border va margin ichidagi maydonning balandligi/kengligini o'rnatadi!

## Max-widthni berish

`max-width` xususiyati elementning maksimal kengligini belgilash uchun ishlatiladi.

max-widthning uzunlik qiymatlari, px, cm va hokazolar orqali belgilanishi yoki o'z ichidagi blokning foizida belgilanishi, yoki umuman belgilamasligi ham mumkin. (Bu default. Maksimal kenglik yo'qligini bildiradi.)

Yuqoridagi `
` bilan bog'liq muammo shundaki, agar brauzer oynasi element kengligidan (500px) kichiklashganda yuzaga keladi. Keyin brauzer sahifaga gorizontal gorizontal scrollbar qo'shadi.

`max-width` dan foydalanish esa brauzerning kichik oynalar bilan ishlashini yaxshilaydi.

**Tip:** Brauzer oynasini 500px dan kichiklashtiring va ikkita divda qanday o'zgarish bo'lishini guvohi bo'ling!

![](https://1205461495-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2FqA16xzuzJkS1GYbYJ5OX%2Fuploads%2Fgit-blob-cf9f8e14472b6126514213231abe014168eb61c3%2Fimage%20\(184\).png?alt=media)

**Note:** Agar biror bir sabab tufayli ikkala `width` hamda `max-width` xususiyatlaridan bir elementda foydalanishingizga to'g'ri kelsa va `width` qiymati `max-width` dan katta bo'lsa, `max-width` ishlatiladi va `width` qabul qilinmaydi.

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}
Bu `
` ning height qiymati 100px va max-width qiymati 500px:

```css
div {
max-width: 500px;
height: 100px;
background-color: powderblue;

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_dim_max_width>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

### O'zingiz sinab ko'ring - misollar

[Elementlarning balandligi va kengligini o'rnatish](https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_dim_height)\
Ushbu misol turli elementlarning balandligi va kengligini qanday o'rnatishni ko'rsatadi.

Rasmning balandligi va kengligini foiz yordamida berish\
Ushbu misol rasmning balandligi va kengligini foiz qiymatidan foydalanib o'rnatishni ko'rsatadi.

Elementning minimal kengligi va maksimal kengligini berish\
Ushbu misol px qiymatidan foydalanib elementning minimal kengligi va maksimal kengligini qanday o'rnatishni ko'rsatadi.

Elementning minimal balandligi va maksimal balandligini berish\
Ushbu misol px qiymatidan foydalanib elementning minimal balandligi va maksimal balandligini qanday o'rnatishni ko'rsatadi.

## CSSning barcha o'lchash xususiyatlari

| Xususiyat                                                            | Ta'rif                                       |

| [height](https://www.w3schools.com/cssref/pr_dim_height.asp)         | Elementning balandligini belgilaydi          |
| [max-height](https://www.w3schools.com/cssref/pr_dim_max-height.asp) | Elementning maksimal balandliigni belgilaydi |
| [max-width](https://www.w3schools.com/cssref/pr_dim_max-width.asp)   | Elementning maksimal kengligini belgilaydi   |
| [min-height](https://www.w3schools.com/cssref/pr_dim_min-height.asp) | Elementning minimal balandligini belgilaydi  |
| [min-width](https://www.w3schools.com/cssref/pr_dim_min-width.asp)   | Elementning minimal kengligini belgilaydi    |
| [width](https://www.w3schools.com/cssref/pr_dim_width.asp)           | Elementning kengligini belgilaydi            |