Orqafon rasmlar
Orqa fon rasmlar deyarli har qanday HTML elementlari uchun berilishi mumkin.
HTML elementining orqafon rasmi
HTML elementiga orqa fon rasm berish uchun HTMLning style attributidan va CSSning background-img xususiyatidan foydalaniladi:
<p style="background-image: url('img_girl.jpg');"> Bundan tashqari, <head> qismida <style> elementi ichida berishingiz ham mumkin:
<style>
p {
background-image: url('img_girl.jpg');
}
</style> Sahifaning orqafon rasmi
Agar butun sahifaning orqafoniga rasm qo'yishni hohlsangiz, rasmni <body> elementiga berishingiz kerak:
Background repeat
Agar rasm elementdan kichik bo'lsa, u elementning ohiriga borguncha gorizontal va vertikal shaklda takrorlanaveradi.

Orqafon rasm takrorlanmasligi uchun background-repeat xususiyatiga no-repeat qiymatini bering.
Background cover
Agar orqafon rasmi butun elementni qamrab olishini istasangiz, background-size xususiyatiga cover qiymatini berishingiz mumkin.
Bundan tashqari, butun element har doim qamrab olingan holatda ekanligiga ishonchingiz komil bo'lishi uchun background-attachmentxususiyatiga fixed qiymatini bering.
Shunday qilib, orqafon rasmi cho'ziln ketmasdan butun elementni qamrab oladi (rasm asl holatini saqlab qoladi):
Background Stretch
Agar fon rasmi butun elementga mos turishini xohlasangiz, background-size xususiyatiga 100% 100% qiymatlarini berishingiz mumkin.

Brauzer oynasining o'lchamini o'zgartirib ko'ring va rasmning cho'zilayotganiga guvoh bo'lasiz, lekin u har doim butun elementni qamrab turadi.
Last updated