> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://cyberacademyuz.gitbook.io/w3schools/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://cyberacademyuz.gitbook.io/w3schools/css/css-qollanma/css-tanishuv.md).

# CSS Tanishuv

CSS - bu veb-sahifani bezash uchun foydalanadigan til.

## CSS nima ?

* CSS qisqartmasi Cascading Style Sheets degan ma'noni anglatadi
* CSS HTML elementlarini ekranda, hujjatda yoki boshqa mediada qanday ko'rsatilishini tavsiflaydi.
* CSS ko'p ishlarni tejaydi. U bir vaqtning o'zida bir nechta veb-sahifalar joylashuvini boshqarishi mumkin
* Tashqi stylesheetlar CSS fayllarda saqlanadi.

## CSS DEMO - Bitta HTML sahifa - Birqancha stillar!

Bu yerda 4 xil stil bilan tasvirlangan HTML sahifani ko'rsatganmiz. Turlicha still berilgan sahifalarni ko'rish uchun "Stylesheet 1", "Stylesheet 2", "Srylesheet 3", "Stylesheet 4" havolalarini bosing.

## Nima uchun CSS dan foydalanish kerak ?

CSS web sahifalarni bezaklarini, dizaynini, ko'rinishini va har xil qurilmalarda qanday ko'rsatilishi kerakligini belgilaydi.

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}

```css
body {
background-color: lightblue;

h1 {
color: white;
text-align: center;

p {
font-family: verdana;
font-size: 20px;

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_intro>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

## CSS katta muammoni hal qildi

HTML da HECH QACHON web sahifani bezaydigan teglar bo'lmagan!

HTML web sahifadagi kontentni belgilash uchun yaratilgan:

` This is a heading `

` This is a paragraph. `

HTML ning 3.2 spetsifikatsiyasidan `` tegiga o'xshash teglar va ranglarni bildiriuvchi attributlar qo'shilgandan so'ng, web dasturchilar uchun haqiqiy azob boshlandi. Har bir sahifasiga shriftlar va ranglar beriladigan katta veb-saytlarni yaratish uzoq va qimmat jarayonga aylandi.

Bu muammoni hal qilish maqsadida, World Wide Web Consortium (W3C) - CSS ni yaratishdi.

CSS yaratilgandan keyin HTML dagi bezak beruvchi teglar olib tashlandi!

{% hint style="warning" %}
Agar HTML nima ekanligini bilmasangiz unda bizning HTML darsligimizni ko'rib chiqing.
{% endhint %}

## CSS ko'p ishni tejaydi!

Still kodlari .css fayllarda saqlanadi.

Tashqi CSS fayl yordamida bitta faylni o'zgartirish orqali butun sayt dizaynini o'zgartirishingiz mumkin!