# CSS Selektorlar

## CSS Selektorlari

CSS Selektorlar siz still bermoqchi bo'lgan HTML elementlarini "topish" (yoki tanlash) uchun ishlatiladi.

Biz CSS selektorlarini beshta kategoriyaga bo'la olamiz:

* Oddiy selektorlar (elementlarni teg nomi, id-si va classiga qarab topadi)
* [Kombinator](https://github.com/cyberacademyuz/W3SCHOOLS/blob/main/css/css-qollanma/css-kombinatorlar.md) selektorlar (elementlarni ular orasidagi ma'lum munosabatiga qarab tanlaydi)
* [Pseudo-class selektorlar](https://github.com/cyberacademyuz/W3SCHOOLS/blob/main/css/css-qollanma/css-pseudo-class.md) (elementlarni ma'lum bir holatga qarab tanlaydi)
* [Pseudo-elementlar selektorlari](https://github.com/cyberacademyuz/W3SCHOOLS/blob/main/css/css-qollanma/css-pseudo-element.md) (elementni ma'lum bir qismini tanlaydi va still beradi)
* [Attribut selektorlari](https://github.com/cyberacademyuz/W3SCHOOLS/blob/main/css/css-qollanma/css-atrr-selektorlari.md) (elementlarni attribut nomiga yoki attribut qiymatiga qarab belgilaydi)

Ushbu sahifada asosan boshlang'ich CSS selektorlari tushuntirilgan.

## CSS element selektori

Element selektori HTML elementlarini nomiga qarab tanlaydi.message = "hello world"

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}
Ushbu misolda barcha `
` elementlari o'rtada turadi va qizil rangda bo'ladi:

```css
p {
text-align: center;
color: red;

{% endtab %}
{% endtabs %}

## CSS id selektori

`id` selektori elementni tanlash uchun HTML elementining `id` atributidan foydalanadi.

Elementning id-si sahifada bitta bo'ladi, shuning uchun `id` selektori bitta unikal elementni tanlash uchun ishlatiladi!

id-ga ega elementni tanlash uchun xesh (#) belgisini va undan keyin elementning id nomini yozing.

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}
Ushbu misoldagi css kod `id="para1"` attributiga ega elementga qo'llaniladi:

```css
#para1 {
text-align: center;
color: red;

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_syntax_id>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

{% hint style="warning" %}
**Note:** id hech qachon raqam bilan boshlanmaydi!
{% endhint %}

## CSS class selektori

Class selektori HTML elemntlarini `class` attributiga qarab tanlaydi.

Class attributiga ega elementlarni tanlash uchun nuqta (.) belgisini va undan keyin class nomini yozing.

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}
Ushbu misoldagi css kod `class="center"` ga ega barcha HTML elementlarining rangizni qizil qiladi va uni markazga to'g'irlaydi:

```css
.center {
text-align: center;
color: red;

<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_syntax_class>
{% endtab %}
{% endtabs %}

Bundan tashqari, classni faqat maxsus HTML elementlariga ta'sir qilishi kerakligini belgilashingiz mumkin.

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}
Ushbu misolda faqatgina class="center" ga ega

elementlari tanlangan va stil qiymatlari qizil va joylashuvi o'rtaga o'zgartirilgan:

```css
p.center {
text-align: center;
color: red;

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_syntax_element_class>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

HTML elementlari bittadan ortiq classlarni o'z ichiga olishi mumkin.

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}
Ushbu misolda `
` elementi bir vaqtni o'zida `class="center"` va `class="large"` larni jamlamoqda:

```html

This paragraph refers to two classes.

{% endtab %}
{% endtabs %}

{% hint style="warning" %}
**Note:** Class nomi raqam bilan boshlanmaydi!
{% endhint %}

### CSS Universal selektor

Universal selektor sahifadagi barcha HTML elementlarini belgilaydi.

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}
CSS qoidasiga ko'ra quyidagi misolda barcha HTML elementlari tanlanadi:

```css

text-align: center;
color: blue;

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_syntax_element_class2>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

## CSS Guruhlash selektorlari

Guruhlash selektori bir xil css kodlari bilan berilgan barcha HTML elementlarini tanlaydi.

Quyidagi CSS kodga e'tiboringizni qarating (**h1**, **h2** va **p** elementlariga bir xil still qiymatlari berilgan):

```css
h1 {
text-align: center;
color: red;

h2 {
text-align: center;
color: red;

p {
text-align: center;
color: red;

Bunday uzun kodni guruhlash selektorlari yordamida qisqartirishingiz mumkin.

Guruh selektorlaridan foydalanish uchun har bir element nomidan keyin vergul orqali ajratish kerak.

{% tabs %}
{% tab title="CSS" %}

```css
h1, h2, p {
text-align: center;
color: red;

{% embed url="<https://www.w3schools.com/css/tryit.asp?filename=trycss_grouping>" %}
{% endtab %}
{% endtabs %}

### Barcha oddiy CSS selektorlari

| Selektor              | Misol      | Ta'rif                                                                                                                        |

| *#id*                 | #firstname | `id="firstname"` attributiga ega elementni tanlaydi                                           |
| *.class*              | .intro     | class="intro" ga ega elementlarni tanlaydi                                                                                    |
| *element.class*       | p.intro    | Faqatgina `class="intro"` ga ega `
` elementlarini tanlaydi |
| \*                    | \*         | Barcha elementlarni tanlaydi                                                                                                  |
| *element*             | p          | Barcha `
` elementlarini tanlaydi                                                           |
| *element,element,...* | div, p     | Barcha `
` va `
` elementlarini tanlaydi                |