Picture elementi

HTMLning <picture> elementi turli qurilmalar ekraniga mos bir nechta rasmlarni joylashtirish imkonini beradi.

HTMLning <picture> elementi

HTMLning <picture> elementi veb dasturchilarga rasmlarni berishda bir necha moslashuvchanlik imkoniyatini beradi.

<picture> elementi bir yoki bir nechta <source> elementlarini o'z ichiga oladi, ularning har biri srcset attributi orqali turli rasmlarni ko'rsatadi. Brauzer shu tarzda <img> tegiga berilgan rasmni yoki qurilma ekraninga mos keladigan rasmni ko'rsatishi mumkin.

Har bir <source> elementi berilgan rasm qachon ekranga mos kelishini belgilab beruvchi media attributiga ega

Picture elementidan qachon foydalanish kerak ?

<picture> elementining ikkita asosiy maqsadi bor:

1. Bandwidth

Agar ekraningiz yoki qurilmangiz kichkina bo'lsa, katta hajmdagi rasmni yuklash shart emas. Brauzer attribut qiymatlariga mos keladigan birinchi <source> elementidan foydalanadi va qolgan elementlarga e'tibor bermaydi.

2. Formatni qo'llab-quvvatlash

Ba'zi brauzerlar yoki qurilmalar barcha rasm formatlarini qo'llab-quvvatlamasligi mumkin. <picture> elementidan foydalanib barcha formatdagi rasmlarni qo'shishingiz mumkin va brauzer ularning orasidan o'zi qo'llab quvvatlaydigan formatdagi birinchi rasmdan foydalanadi va qolgan elementlarga e'tibor bermaydi.

HTML rasm teglari

Teg
Tavsif

<img>

Rasm joylashtirish

<map>

Rasm xaritasini ifodalash

<area>

Rasn xaritasidagi bosiluvchi maydonni belgilash

<picture>

Resurslarda bir nechta rasmlarni joylashtirish

Last updated