Formatlash
HTMLda, o'ziga xos ma'noga ega matnni ifodalash uchun bir nechta elementlarga mavjud.
HTMLning formatlash elementlari
Formatlash elementlari o'ziga xos turdagi matnlarni ko'rsatish uchun mo'ljallangan:
<b>- Qalin matn<strong>- Muhim matn<i>- Kursiv (Italic) matn<em>- Urg'u berilgan matn<mark>- Belgilangan matn<small>- kichik matn<del>- O'chirilgan matn<ins>- Kiritilgan matn<sub>- Subscript (ostki) matn<sup>- Superscript (ustki) matn
HTMLdagi <b> va <strong> elementlari
<b> va <strong> elementlariHTMLning <b> elementi muhim ahamiyatga ega bo'lmagan qalin matnni ifodalaydi.
<b>Bu qalin matn</b>HTMLning <strong> elementi muhim ahamiyatga ega bo'lgan matnni ifodalaydi. Undagi matn ham odatda qalin qilib ko'rsatiladi.
<strong>Bu muhim matn!</strong>HTMLning <i> va <em> elementlari
<i> va <em> elementlariHTMLning <i> elementi matnning bir qismini kursiv holatda ko'rsatadi.
Maslahat: <i> elementidan ko'pincha texnik atama, boshqa tildagi ibora, biror fikrni ko'rsatish uchun foydalaniladi.
<i>Bu matn kursiz</i>HTMLning <em> elementi urg'u berilgan matnni ifodalaydi. Undagi matn odatda kursiv ko'rinishda bo'ladi.
Maslahat: Ekranni o'qib beruvchi dasturlar <em> bilan berilgan matnlarni urg'u bilan talaffuz qiladi.
<em> Bu urg'u berilgan matn </em>HTMLning <small> elementi
<small> elementiHTMLning <small> elementi kichik matnlarni ifodalaydi.
<small> Bu bir kichikroq matn <small>HTMLning <mark> elementi
<mark> elementiHTMLning <mark> elementi belgilanishi yoki takidlanishi kerak bo'lgan matnni ifodalaydi.
<p>Bugun <mark> sut </mark> sotib olishni unutma</p>HTMLning <del> elementi
<del> elementiHTMLning <del> elementi sahifadan o'chirilgan matnni ifodalaydi. Brauzerlar avtomatik tarzda o'chirilgan matnning o'rtasiga chiziq chizadi.
<p> Mening sevimli rangim <del> ko'k </del> qizil. <p>HTMLning <ins> elementi
<ins> elementiHTMLning <ins> elementi sahifaga kiritilgan matnni ifodalaydi. Brauzerlar odatda bu matnning tagiga chiziq chizishadi.
<p> Mening sevimli rangim <del> ko'k </del> <ins> qizil </ins>. <p>HTMLning <sub> elementi
<sub> elementiHTMLning <sub> elementi ostki (ₛᵤₛ꜀ᵣᵢₚₜ) mattni ifodalaydi. Subscript matn, oddiy qatorning yarim baravar pastida ko'rinadi va ba'zan kichikroq shriftda bo'ladi. Subscript matnlar H₂O kabi kimyoviy formulalarni yozishda foydalaniladi.
<p>Bu <sub>ostki</sub> matn.</p>HTMLdagi <sup> elementi
<sup> elementiHTMLning <sup> elementi ustki (ˢᵘᵖᵉʳˢᶜʳᶦᵖᵗ) matnni ifodalaydi. Superscript matn, oddiy matnning yarim baravar tepasida ko'rinadi va ba'zan kichikroq shriftda bo'ladi. Superscript matn odatda 2² kabi yozilishi kerak bo'lgan matnlarda ishlatiladi.
<p>Bu <sup>ustki</sup> matn.</p><b>
Qalin matnni ifodalash
<em>
Urg'u berilgan matnni ifodalash
<i>
Matnning bir qismini kursiv qilish
<small>
Kichikroq matnni ifodalash
<strong>
Muhim matnni ifodalash
<sub>
Subscript matnni ifodalash
<sup>
Superscript matnni ifodalash
<ins>
Kiritilgan matnni ifodalash
<del>
O'chirilgan matnni ifodalash
<mark>
Belgilangan yoki takidlangan matnni ifodalash
Last updated