Semantika

Semantik elementlar = ma'noga ega elementlar.

Semantik elementlar nima ?

Semantik element brauzer va dasturchi uchun element mazmunini aniq tasvirlab beradi.

Semantik bo'lmagan elementlarga misollar : <div> va <span>- Bular nimalarni o'z ichiga olishi haqida avvaldan hech narsa deb bo'lmaydi.

Semantik elementlarga misollar : <form>, <table>, va <article>- Bular nimalarni o'z ichiga olishi, element nomidan bilinib turadi.

HTMLdagi semantik elementlar

Ko'pgina saytlarda navigatsiya, sarlavha va footerni ifodalash uchun quyidagi kabi HTML kodlar mavjud: <div id="nav"> <div class="header"> <div id="footer">.

HTMLda veb-sahifaning turli qismlarini ifodalash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan ba'zi semantik elementlar mavjud:

  • <article>

  • <aside>

  • <details>

  • <figcaption>

  • <figure>

  • <footer>

  • <header>

  • <main>

  • <mark>

  • <nav>

  • <section>

  • <summary>

  • <time>

<section> elementi

<section> elementi html fayldagi ma'lum bir bo'limni ifodalaydi.

W3C ning HTML qo'llanmasiga ko'ra: "Section odatda sarlavhali kontentning tematik guruhlanishidir."

<section> elementini qayerlarda ishlatish mumkinligiga misollar:

  • Bo'limlar

  • Tanishtiruv qismlar

  • Yangiliklarda

  • Kontakt ma'lumotlarda

Veb-sahifa odatda tanishtiruv, kontent va kontakt ma'lumotlari uchun bo'limlarga bo'linishi mumkin.

<article> elementi

<article> elementi mustaqil kontentni ifodalaydi.

Article o'zining ma'zmuniga ega bo'lishi kerak va uni veb-saytning qolgan qismidan mustaqil tarzda ajratish imkoniyati bo'lishi kerak.

<article> elementini qayerda ishlatish mumkinligiga misollar:

  • Forum xabarlarida

  • Blog postlarda

  • Foydalanuvchining izohlarida

  • Mahsulot uchun kartochkalarda

  • Gazeta maqolalarida

Ikkinchi misol

<article> elementini <section> ichiga joylashtirasizmi yoki aksinchami ?

Ushbu elementlarni qanday joylashtirish kerakligiga qaror qabul qilish uchun biror bir ta'rifdan foydalana olamizmi ? Albatta yo'q.

Shunday ekan, siz <section> elementlarni o'z ichiga olgan <article> elementlarini va <article> elementlarni o'z ichiga olgan <section> elementlariga ega HTML sahifalarni topishingiz mumkin.

<header> elementi

<header> elementi tanishtiruv ma'lumotlari yoki navigatsiya havolalari uchun konteyner hisoblanadi.

<header> elementi odatda quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • bir yoki bir nechta sarlavha elementlari (<h1> - <h6>)

  • logotip yoki ikonka

  • mualliflik ma'lumotlari

Eslatma: Bitta HTMLda bir nechta <header> elementlari bo'lishi mumkin. Lekin <header> elementi <footer>, <address> yoki boshqa <header> elementi ichiga joylashtirilmaydi.

<footer> elementi sahifa yoki bo'lim uchun uning pastki qismini ifodalaydi.

<footer> elementi odatda quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • mualliflik ma'lumotlari

  • mualliflik huquqi haqida ma'lumot

  • kontakt ma'lumotlari

  • sayt xaritasi

  • yuqoriga qaytish havolasi

  • tegishli ma'lumotlar

Bir sahifada bir nechta <footer> elementlaridan foydalanishingiz mumkin.

<nav> elementi

<nav> elementi navigatsiya havolalarini ifodalaydi.

<aside> elementi

<aside> elementi o'zi joylashtirilgan kontentdan tashqari ba'zi tarkibiy qismni ifodalaydi (masalan, yon panelni).

<aside> kontenti, boshqa bo'lim kontentlari bilan bilvosita bog'liq bo'lishi kerak.

<figure> va <figcaption> elementlari

<figure> tegi rasmlar, diagrammalar, fotosuratlar, kodlar ro'yxati va shu kabi boshqa mustaqil kontentlarni ifodalaydi.

<figcaption> tegi <figure> elementi uchun sarlavha nomini bildiradi. <figcaption> elementi <figure> elementining birinchi yoki oxirgi bolasi sifatida joylashtirilishi mumkin.

<img> elementi haqiqiy rasm/illyustratsiyani ifodalaydi.

Nega aynan Semantik elementlar ?

W3C ga ko'ra: "Semantika Internetdagi ma'lumotlarni, dasturlar, korxonalar va kommunitylar aro almashish va qayta foydalanish imkonini beradi."

HTMLdagi semantik elementlar

Quyidagi ro'yhatda HTMLning ba'zi semantik elementlari keltirilgan:

Teg nomi
Tarifi

Mustaqil kontentni ifodalaydi

O'zi joylashtirilgan kontentdan tashqari ba'zi tarkibiy qismni ifodalaydi

Foydalanuvchi ko'rishi yoki yashirishi mumkin bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlarni ifodalaydi

<figure> elementi uchun sarlavhani ifodalaydi

Illyustratsiyalar, diagrammalar, fotosuratlar, kodlar ro'yxati va shu kabi boshqa mustaqil kontentlarni ifodalaydi.

Sahifa yoki bo'lim uchun footerni ifodalaydi

Sahifa yoki bo'lim uchun Headerni ifodalaydi

Sahifaning asosiy qismini ifodalaydi

Belgilangan va ajratib ko'rsatilgan matn yaratadi

Navigatsiya havolalarini ifodalaydi

Sahifadagi ma'lum bir bo'limni ifodalaydi

<details> elementi uchun ko'rinadigan sarlavhani ifodalayd

Sana/vaqtni ifodalaydi

Last updated