RGB - QIZIL, YASHIL VA KO'K rang qiymatlarini ifodalaydi.
RGBA rang qiymati esa Alfa (shaffofligi) ham mavjud bo'lgan RGB ning kengaytirilgan versiyasidir.
RGB rang qiymatlari
HTMLda rang quyidagi formula yordamida RGB qiymati sifatida belgilanishi mumkin:
rgb ( _qizil, yashil** , **ko'k_** )**
Har bir parametr (qizil, yashil va ko'k) rangning intensivligini 0 dan 255 gacha bo'lgan qiymat bilan ifodalaydi.
Bu 256 x 256 x 256 = 16.777.216 ta rang mavjudl ekanligini anglatadi !
Masalan, rgb(255, 0, 0) qizil rang hisoblanadi, chunki qizil rang eng yuqori qiymat (255)ga ega, qolgan ikkitasi (yashil va ko'k) 0 deb belgilangan.
Yana bir misol, rgb(0, 255, 0) yashil rang hisoblanadi, chunki yashil rang eng yuqori qiymat (255)ga ega, qolgan ikkitasi (qizil va ko'k) 0 deb belgilangan.
Qora rangni chiqarish uchun barcha parametrlarini 0 qiling, masalan: rgb(0, 0, 0).
Oq rangni chiqarish uchun barcha parametrlarni 255 qiling, masalan: rgb(255, 255, 255).
Quyidagi RGB qiymatlarini aralashtirish orqali tajriba qilib ko'ring: