Div elementi

<div> elementi boshqa HTML elementlari uchun konteyner sifatida ishlatiladi.

<div> elementi

<div> elementi default tarzda blok element hisoblanadi, u mavjud barcha bo'sh joylarni to'liq egallab oladi.

<div> elementi mavjud barcha joyni egallab oladi:
Lorem Ipsum <div>I am a div</div> dolor sit amet. 

<div> elementida talab qilinadigan atribut yo'q, lekin style, class va id kabi ixtiyor atributlarni berish mumkin.

Konteyner sifatida <div>

<div> elementi ko'pincha veb-sahifa bo'limlarini birga guruhlash uchun ishlatiladi.

<div> elementini o'rtaga joylashtirish

Agar sizda kengligi 100% bo'lmagan <div> elementi bo'lsa va uni o'rtaga olib kelishni xohlasangiz, CSSning margin xususiyatini auto qiling.

Bir qancha <div> elementlari

Bir sahifada bir nechta <div> konteynerlari bo'lishi mumkin.

<div> elementlarini yonma yon joylashtirish

Veb-sahifalarni yaratishda ko'pincha ikki yoki undan ortiq <div> elementlarni yonma-yon qilish kerak bo'ladi, masalan:

Elementlarni yonma-yon tekislashning turli usullari mavjud, ularning barchasi ba'zi CSS uslublarini o'z ichiga oladi. Biz eng keng tarqalgan usullarni ko'rib chiqamiz:

Float

CSSning float xususiyati dastlab <div> elementlarini yonma-yon joylashtirish uchun mo'ljallanmagan, lekin yillar davomida shu maqsadda foydalanilgan.

CSSning float xususiyati kontentni joylashtirish va formatlash uchun ishlatiladi va elementlar ustma ust emas, balki yonma-yon turishga imkon beradi.

Inline-block

Agar <div> elementining displey xususiyatini blockdan inline-blockga o'zgartirsangiz, <div> elementlari endi yonma-yon ko'rsatiladi.

Flex

CSS Flexbox Layout moduli float yoki pozitsiyadan foydalanmasdan moslashuvchan tartib tuzilmasini shakllantirishni osonlashtirish uchun taqdim qilingan.

CSSning flex xususiyati ishlashi uchun <div> elementlarini boshqa <div> elementi bilan o'rab oling va undan flexli konteyner sifatida foydalaning.

Grid

CSSning Grid Layout moduli qatorlar va ustunlar bilan gridga asosidagi layout tizimini taklif etadi, bu esa float va pazitsiyalashdan foydalanmasdan turib veb-sahifalarni yaratishni osonlashtiradi.

Flex bilan deyarli bir xildek eshitiladi, lekin bir nechta qatorni tanlash va har bir qatorni alohida joylashtirish qobiliyatiga ega.

CSSning grid usuli sizdan <div> elementlarini boshqa <div> elementi bilan o'rash va grid konteyner holatiga ekltirishni talab qiladi va siz har bir ustunning kengligini belgilashingiz kerak.

HTML teglari

Tag
Description

Sahifada bo'lim yaratish (block-level)

Last updated