# Editorlar

Editor degani tahrirlovchi degani.

### <mark style="color:green;">HTMLni Notepad yoki TextEdit yordamida o'rganamiz</mark>

Veb-sahifalarni yaratish uchun boshqa ko'p funksiyali murakkab matn tahrirlovchilaridan foydalanish mumkin.

Ammo, HTMLni o'rganishda oddiyroq Notepad (Windows) va TextEdit (Mac) kabi tahrirlovchilardan foydalanishingizni maslahat beramiz.

HTMLni o'rganishda oddiy matn muharrirlaridan foydalanish yaxshi usul ekanligiga ishonamiz.

Quyidagi qadamlar orqali Notepad yoki TextEdit bilan o‘zingizning birinchi veb sahifangizni yarating.

### <mark style="color:green;">1-Qadam: Notepadni oching (PC)</mark>

**Windows 8 yoki yangi versiyalarda:**

**Start Screen** ni oching (Ekraningizning pastki chap qismida windows logotipi turgan qism). U yerga **Netepad** deb yozing.

**Windows 7 yoki eski versiyalarda:**

**Start** > **Programs >** **Accessories >** **Notepad** orqali oching.

### <mark style="color:green;">2-Qadam: Ba'zi HTML kodlarini yozing</mark>

Quyidagi HTML kodni Notepadga yozing yoki nusxa oling.

```html
<!DOCTYPE html>
<html>
<body>

<h1>Mening birinchi sarlavham</h1>

<p>Mening birinchi paragrafim</p>

</body>
</html>
```

![](/files/jhnnHpvjULObHnWyc4sX)

### <mark style="color:green;">3-Qadam: HTML sahifani saqlash</mark>

Faylni kompyuteringizga saqlang. Notepad menyusida **File > Save as** ni tanlang.

Fayl nomini **"index.html"** deb yozing va encoding turini **UTF-8** deb belgilang.

<img src="/files/ix9Srw9AlcHGIHQmRbWY" alt="" data-size="original">

{% hint style="success" %}
**Maslahat: .htm** va **.html** fayl kengaytmalaridan foydalanishingiz mumkin. Bularning hech qanday farqi yo'q.
{% endhint %}

### <mark style="color:green;">4-Qadam: Brauzeringiz orqali HTML sahifani ko'ring</mark>

HTML faylni bruzeringiz orqali ochib ko'ring (fayl ustiga 2 mara bosing yoki fayl usida sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, u yerdan "Open with" ni tanlang).

Natija quyidagicha bo'ladi:

![](/files/oqdnzAVAFWhrvcZZyLFE)


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://cyberacademyuz.gitbook.io/w3schools/html/boshlash/editorlar.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
